O‘zbekistonning Samarqand viloyati bilan Tojikistonning So‘g‘d viloyatini bog‘lab turuvchi “Sarazm-Jartepa” nazorat-punktidagi katta devor buzib tashlandi, deb yozmoqda “Xalq so‘zi”.
ca-news.orgning yozishicha, devorni buzish marosimida har ikki davlat chegarachilari delegatsiyalari ishtirok etdi. Ikki davlat sarhadidagi mazkur to‘siq 2010 yilda qurilgan bo‘lib, uning balandligi 3 metr va uzunligi 10 metrga teng edi.
Tojikiston davlat hokimiyati vakillarining qayd etishicha, mazkur punktda terminal, mehmonxona va avtoturargoh barpo qilinadi.
Panjikent tumani Sarazm qishlog‘ida yashovchi Osim Jamolovning aytishicha, mahalliy aholi chegaradagi o‘zgarishlarni bir-biriga qo‘shni ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar yanada yaxshilanib borayotganining yana bir tasdig‘i deb biladi.
Tojikistonlik jurnalist Shohin Ravshan esa ayni paytda Panjikentda Navro‘z bayramiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilayotganini ta’kidlar ekan, bayram tadbirlarida O‘zbekistondan delegatsiya tashrif buyurishi ham kutilayotganini e’tirof etdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi