17:31 / 24.02.2018
5 944

Yurtimizda dam olish kuni ob-havo qanday bo‘ladi?

Yurtimizda dam olish kuni ob-havo qanday bo‘ladi?
O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 25 fevral kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +5 ... +7 daraja, kunduzi +15 ... +17 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Nukusda havo harorati kechasi -3 ... +2 daraja, kunduzi +10 ... +15, Urganchda esa kechasi 0 ... +5, kunduzi +10 ... +15 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +2 ... +7 daraja, kunduzi +10 ... +15 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +2 ... +7 daraja, kunduzi +10 ... +15 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qarshida havo harorati kechasi +3 ... +8 daraja, kunduzi +13 ... +18, termizda esa kunduzi +15 ... +20 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +3 ... +8 daraja, kunduzi +10 ... +15 daraja iliq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qamchiqda havo harorati kechasi -3 ... +2, kunduzi +4 ... +9, Chimyonda kechasi 0 ... +5, kunduzi +5 ... +10 daraja iliq bo‘ladi. Nurafshonda esa kechasi +2 ... +7, kunduzi +10 ... +15 daraja ilishi mumkin. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Yurtimizda dam olish kuni ob-havo qanday bo‘ladi?