O‘zbekistonda yaqin fursat ichida Rossiyaning beshta yetakchi oliy o‘quv yurti filiallari ochiladi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan hamkorlikda o‘tkazgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Komilovning so‘zlariga ko‘ra, madaniy-gumanitar soha ikki mamlakat hamkorligining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
“O‘zbekistonda yaqin fursat ichida ”Moskva po‘lat va qotishmalar“ milliy tadqiqot texnologiya universiteti, Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti, Sechenov nomidagi Birinchi Moskva davlat tibbiyot universiteti, Moskva arxitektura universiteti, Rossiya texnologiya universiteti filiallarining ochilishi rejalashtirilgani ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi”, — dedi O‘zbekiston TIV rahbari.
Abdulaziz Komilovning bildirishicha, bundan tashqari, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkentdagi filiali kengayishi ko‘zda tutilmoqda, bu yerda amaliy matematika va informatika, psixologiya mutaxassisliklari bo‘yicha magistratura yo‘nalishlari joriy etiladi.
Avvalroq O‘zbekiston Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi vakillari Moskva po‘lat va qotishmalar instituti filiali 2018 yilda dastlabki talabalarni qabul qilishini bildirgandi. U Olmaliqdagi litseylardan biri negizida faoliyat olib boradi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda