11:14 / 21.03.2018
6 766

Shavkat Mirziyoyev Navro‘z tantanalari bo‘lib o‘tayotgan “O‘zekspomarkaz”ga tashrif buyurdi

Шавкат Мирзиёев Наврўз тантаналари бўлиб ўтаётган “Ўзэкспомарказ”га ташриф буюрди
Joriy yilda Navro‘z umumxalq bayrami asosiy tadbirlari Toshkentning “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham bayram tadbiriga tashrif buyurdi. Prezidentga bosh vazir Abdulla Aripov, hukumat a’zolari hamrohlik qilyapti.

Foto: O'zbekiston24
Ko‘rgazmalar majmuasida har bir viloyat uchun alohida joy ajratilgan. Tadbirda ishtirok etish uchun respublika faollari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, talabalar taklif etilgan.

Foto: O'zbekiston24
Prezident O‘zbekistonning turli viloyatlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishdi, tadbirga kelgan oqsollar bilan muloqot qildi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili bayram tantanalari Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida o‘tkazilgan edi.

Foto: O'zbekiston24

Foto: O'zbekiston24

Foto: O'zbekiston24

Foto: O'zbekiston24

Foto: O'zbekiston24

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev Navro‘z tantanalari bo‘lib o‘tayotgan “O‘zekspomarkaz”ga tashrif buyurdi