00:30 / 12.04.2018
5 293

Yangi farmon bilan 40 dan ortiq litsenziyalash tartibi bekor qilinadi

Yangi farmon bilan 40 dan ortiq litsenziyalash tartibi bekor qilinadi
Foto: «Xabar.uz»
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Mazkur farmon litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish, ulardan o‘tishning soddalashtirilgan mexanizmlarini belgilashga qaratilgan. Unda tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini rasmiylashtirish yondashuvlari va tamoyillari tubdan qayta ko‘rib chiqilgan.

Farmonda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi davlat siyosatining asosiy vazifalari belgilandi. Ta’kidlash joiz, mazkur asosiy vazifalar orasida jamoatchilik nazorati, o‘zini-o‘zi boshqarish, fuqarolik-huquqiy javobgarlikni sug‘urtalash va boshqalar kabi tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishning muqobil uslublaridan keng foydalanish ko‘rsatilgan.

Davlat siyosatining belgilanayotgan muhim ustuvorliklari va asosiy vazifalaridan kelib chiqib, huquqni qo‘llash amaliyotini, milliy qonunchilik va xorijiy mamlakatlarning qonunchiligini tahlil qilish asosida, mazkur hujjat bilan 42 turdagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini bekor qilish nazarda tutilmoqda. Ularning orasida — neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotishni litsenziyalash, bojxona brokeri sifatida faoliyatni amalga oshirishga ruxsat berish, tashqi reklamani joylashtirishga ruxsatnoma va boshqalarni sanab o‘tish mumkin.

Tadbirkorlik faoliyatining ayrim sohalarida bir necha turdagi litsenziyalarni va ruxsat berish tusidagi hujjatlarni olish talab etiladiki, bu tadbirkorlik sub’ektlari uchun ortiqcha sarsongarchilik va moliyaviy xarajatlarni orttiradi. Litsenziyalar va ruxsat berish tusidagi hujjatlarni olish mexanizmini soddalashtirish maqsadida, shuningdek, 38 turdagi litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini 17 turga birlashtirish nazarda tutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Yangi farmon bilan 40 dan ortiq litsenziyalash tartibi bekor qilinadi