09:26 / 06.06.2018
5 279

IIV pasport olish uchun elektron navbatga yozilish haqida ma’lumot berdi

IIV pasport olish uchun elektron navbatga yozilish haqida ma’lumot berdi
O‘zbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qaroriga asosan aholini biometrik pasport bilan ta’minlash muddati 2018 yil 1 iyul etib belgilanganligi sababli, biometrik pasportga ega bo‘lmagan fuqarolar ushbu muddatni kutmasdan doimiy ro‘yxatdan o‘tgan manzillaridagi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlariga zaruriy hujjatlar bilan murojaat etishlari so‘ralgan.

Bundan tashqari, dpm.uz yangilangan veb-saytida biometrik hujjat olish uchun ariza anketalarni to‘ldirish, anketani yuklash, elektron talabnomani holatini kuzatish, biometrik hujjat olish uchun kvitansiya generatsiya qilish hamda biometrik hujjat olish uchun elektron navbatga qo‘yish, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasport hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga harakatlanish hujjati olish uchun davlat bojini “CLICK” elektron tizimi orqali to‘lashning 3 ta usuli haqidagi ma’lumotlar hamda Toshkent shahar va Toshkent viloyatida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosini turgan joyi bo‘yicha hisobga olishni rasmiylashtirish, Elektron manzil-ma’lumot axborotlarini taqdim etish xizmatlari ishga tushganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar sahifaga joylashtirilgan.

«Telegram» ijtimoiy tarmog‘idagi @PassportInfoUz botida zarur bo‘ladigan ariza, blanklar hamda boshqa zaruriy hujjatlar ro‘yxatini olish imkoni mavjud.

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » IIV pasport olish uchun elektron navbatga yozilish haqida ma’lumot berdi