14:53 / 15.08.2018
4 336

Emomali Rahmon 17 avgust kuni O‘zbekistonga keladi

Emomali Rahmon 17 avgust kuni O‘zbekistonga keladi
Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon davlat tashrifi bilan mamlakatimizga kelmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi Kolim Allamjonov o‘zining Facebook‘dagi sahifasida ma’lum qildi.

“Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu yil 9-10 mart kunlari davlat tashrifi bilan Tojikistonda bo‘lgan edi. Endi Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon davlat tashrifi bilan mamlakatimizga kelmoqda“, deb yozadi Allamjonov.

Qayd qilinishicha, Tojikiston Prezidenti Toshkentga 17 avgust kuni tongda yetib keladi.

Mustaqillik monumentiga gul qo‘yish marosimidan so‘ng Ko‘ksaroyda davlat rahbarlarining muzokaralari boshlanadi. Muzokaralar avval tor, keyin keng doirada o‘tkaziladi.

Muloqot chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, turizm, madaniy-gumanitar sohalardagi va hududlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashiladi.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston-Tojikiston hamkorligini yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Kunning ikkinchi yarmida “O‘zekspomarkaz”da Tojikiston mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘ladi. Emomali Rahmon poytaxtimizdagi “Artel” zavodiga ham tashrif buyurishi ko‘zda tutilgan.

Shu kuni O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlarining ikki mamlakat san’at ustalari ishtirokida o‘tkaziladigan konsertda qatnashishi rejalashtirilgan.

Tojikiston Prezidenti 18 avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov, Bosh vazir Abdulla Aripov bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. Emomali Rahmon shu kuni Samarqandga tashrif buyurib, diqqatga sazovor maskanlarni ziyorat qiladi.

Tashrif davomida dasturga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Emomali Rahmon 17 avgust kuni O‘zbekistonga keladi