Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 oktyabr kuni Toshkent viloyatining Boʻka tumaniga tashrif buyurdi. Prezident matbuot xizmati xabar berishicha, davlat rahbari “Valixon ota” fermer xoʻjaligi dalasida boʻlib, paxta terimini koʻzdan kechirdi.
Joriy yil iyul oyida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishlarida davlat rahbari gʻoʻza rivojini jadallashtirish, hosilga hosil qoʻshish boʻyicha dolzarb vazifalarni belgilab bergan edi. Shunga muvofiq, Toshkent viloyatida ham zarur agrotexnik tadbirlar amalga oshirildi. Viloyatda qariyb 76 ming gektar, Boʻka tumanida salkam 13 ming gektar maydonda paxta yetishtirildi. Ayni kunlarda paxta terimi davom etmoqda.
Prezident shu yerda viloyat fermerlari va qishloq xoʻjaligi mutasaddilari bilan suhbatlashdi.
Bu yilgi ob-havo paxtachilik uchun noqulay keldi. Suv kam, zararkunanda hasharotlar koʻp boʻldi. Paxta rivoji kechikdi.
Davlat rahbari hamma sohalar qatori qishloq xoʻjaligida ham asosiy maqsad xalq manfaati ekanini, qaysi mahsulot koʻproq daromad keltirsa, oʻsha ekilishini taʼkidlagan.
“Manfaatdorlik boʻlishi uchun qilingan xarajatni qoplab, foyda koʻrish kerak. Ertangi kuni bugunidan yaxshi boʻlishi uchun har bir odam oʻzi harakat qilishi zarur. Hozirgi zamonda kim yutadi - intilgan yutadi, mehnat qilgan yutadi”, degan Shavkat Mirziyoyev.
Bu yil paxta hosilini yigʻib-terishda narx ikki barobar oshirildi. Jumladan, Toshkent viloyatida bir kilogramm paxta terish uchun ming soʻmdan ziyod pul toʻlanmoqda.
Muloqotda fermerlarga oʻz mehnati samarasini koʻrish vaqti kelgani, buning uchun paxta terimini uyushqoqlik bilan tashkil etib, hosilni yogʻinli kunlarga qoldirmay yigʻib olish zarurligi taʼkidlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi