06:01 / 20.12.2018
3 781

Rossiyaliklarning O‘zbekistonga tashrif buyurishi oshdi

Rossiyaliklarning O‘zbekistonga tashrif buyurishi oshdi
Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyi davomida O‘zbekistonga 360 mingga yaqin rossiyalik tashrif buyurgan. O‘tgan yil davomida esa bu raqam 270 mingni tashkil etgan, deb yozadi Kun.uz nashri Rossiya turizm sanoati ittifoqi gazetasiga tayanib.

«Gap faqatgina turistlar haqida bormayapti, umuman olganda turistlar oqimi o‘smoqda. Biz Rossiya fuqarolarining mamlakatimiz madaniyati va tarixiga chin dildan qiziqayotganliklarini ko‘rmoqdamiz», O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov mamlakat turistik salohiyati taqdimotida.

Rossiya turizm sanoati ittifoqi prezidenti Sergey Shpilko yaqin vaqt ichida O‘zbekiston Rossiya turizm bozorida yuqoriga ko‘tarilishini bildirdi.

«Bu yo‘nalishda barcha narsa tayyor, O‘zbekiston yevropaliklar orasida ommabop hisoblanadi va Rossiya uchun ham xuddi shunday ommabop yo‘nalishga aylanadi», dedi u.

Uning aytishicha, hozirda odamlar jonli tabiat, haqiqiy madaniyatga ko‘proq intilishmoqda.

«O‘zbekistonni anglash uchun nafaqat Samarqand, Buxoro va Xivaga, balki albatta Farg‘ona vodiysiga borish hamda hech bo‘lmaganda ikki tunni Qizilqum sahrosida o‘tkazish lozim. Bu mamlakatga dam olish kunlarida emas, balki kamida bir haftaga borish kerak», deb qo‘shib qo‘ydi u.

Uzbekistan for you kompaniyasi rahbari Lyudmila Valkova va «Magazin puteshestviy» kompaniyasi direktori Ilya Kostrikinning so‘zlariga ko‘ra, bu yil ularning kompaniyalari orqali Rossiyadan O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi turistlar oqimi 30%ga oshgan.

«V mire fantaziy» kompaniyasi bosh direktori Marina Saushkina esa bu yil O‘zbekistonga turlar hajmi o‘tgan yilgiga nisbatan 20%ga oshganini qayd etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Rossiyaliklarning O‘zbekistonga tashrif buyurishi oshdi