Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 yanvar kuni investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida turizm rivoji boʻyicha rejalar haqida gapirdi. Prezident matbuot xizmati xabarida maʼlum qilinishicha, yigʻilishda 2019 yil turizm rivojida tub burilish yili boʻlishi haqida aytilgan.
Davlat rahbari, jumladan, Vazirlar Mahkamasining ijtimoiy kompleksiga oid vazifalarga ham toʻxtalib, turizm sohasiga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etishni kuchaytirish zarurligini taʼkidladi.
“Turizm uchun bosqichma-bosqich hamma sharoitlarni yaratyapmiz, investorlarga, ishbilarmonlarga keng imkoniyatlar beryapmiz. 2019 yil turizm rivojida tub burilish yili boʻladi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida ham bu soha rivoji boʻyicha takliflar bildirgan edi. Ushbu takliflarni amalda tatbiq etish maqsadida Prezidentning joriy yil 5 yanvardagi farmoniga muvofiq 2019-2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi tasdiqlandi. Shuningdek, oʻsha kuni imzolangan Prezident qarori bilan mehmonxonalar tashkil etish boʻyicha istiqbolli investitsiya loyihalari roʻyxati qabul qilindi.
Maʼlumot uchun, 2017 yilda Oʻzbekistonga qariyb 2 million 700 ming, 2018 yilda 5 million 300 mingdan ortiq turist kelgan. 2025 yilda yurtimizga tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar sonini 7 millionga, turizm eksportidan keladigan yillik daromadni esa 2 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda