12:00 / 28.01.2019
5 984

Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Kosonsoy tumaniga hokim bo‘ldi

Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Kosonsoy tumaniga hokim bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Bahodir Yusupov tuman hokimligiga o‘tkazildi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, B.Yusupov Namangan viloyatining Kosonsoy tumani hokimi lavozimini egallagan.

Bahodir Tursunovich Yusupov 2009-2015 yillarda Namangan viloyatini boshqargan. U qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimini egallashidan avval O‘zbekiston fermerlari Kengashi raisi lavozimida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning 17 fevral kuni Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tib, unda 2017 yildan Kosonsoy tumani hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelgan Javlonbek Yo‘ldoshev Kosonsoy tumani hokimi etib tayinlangandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Kosonsoy tumaniga hokim bo‘ldi