19:04 / 30.01.2019
5 870

31 yanvar kuni yurtimizda qanday ob-havo kuzatiladi?

31 yanvar kuni yurtimizda qanday ob-havo kuzatiladi?
Gidrometeorologiya markazi ma’lumotiga ko‘ra, 31 yanvar kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan biroz yomg‘ir yog‘adi. Kechasi 3-5, kunduzi 6-8 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Samarqand viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 31 yanvar kuni yurtimizda qanday ob-havo kuzatiladi?