13:43 / 01.02.2019
5 246

The Guardian O‘zbekistonning 8 ta shahriga tashrif buyurishni tavsiya qildi

The Guardian O‘zbekistonning 8 ta shahriga tashrif buyurishni tavsiya qildi
Britaniyaning The Guardian nashri O‘zbekiston bo‘ylab batafsil gidni taqdim etdi, u bir oy muddatga mo‘ljallangan.

Nashr o‘z o‘quvchilariga «Buyuk ipak yo‘lining merosi, cho‘l landshaftlari, Toshkent metrosi va Samarqand hamda Buxoro shaharlarini sayyohlar yangi, qulay viza qoidalari bilan rag‘batlantirilayotgan mamlakatda» o‘rganishni taklif etmoqda.

Foto: Lukas Bischoff/Getty Images
Gazeta sakkiz shaharga borishni tavsiya qildi: Toshkent, Marg‘ilon, Andijon, Qo‘qon, Samarqand, Buxoro, Nurota va Nukus.

Maqola muallifi har bir shaharga tashrif buyurish haqida tavsiyalar berib, u yerga qanday borish, qayerda to‘xtash, nima iste’mol qilish va qancha to‘lash kerakligi haqida batafsil ma’lumot taqdim etgan.

Foto: Galyna Andrushko/Alamy
Muallif kuniga minimal byudjetni 20-30 funt sterling (26-40 dollar) miqdorida belgilagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » The Guardian O‘zbekistonning 8 ta shahriga tashrif buyurishni tavsiya qildi