10:15 / 07.03.2019
3 293

Endi bank hisobraqamini onlayn tarzda ochishingiz mumkin

Endi bank hisobraqamini onlayn tarzda ochishingiz mumkin
Davlat xizmatlari agentligi biznes muhitini yaxshilash yoʻlidagi yana bir yangilikni taqdim etdi. Bu haqda OʻzA xabar bermoqda.

Agentlik matbuot xizmatidan maʼlum qilishlaricha, bugundan boshlab tadbirkorlar uchun bank hisobraqamini masofadan turib ochish imkoniyati yaratildi.
Tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtganlar oʻziga maʼqul bankni tanlaydi. Soʻngra 5 daqiqa ichida bank hisobraqamini ochadi.

Buning 2 usuli, yaʼni Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurish yoki fo.birdarcha.uz orqali elektron xizmatdan foydalanish mavjud.
Tadbirkorlar bugun “Trastbank” va “Ipotekabank” Toshkent shahridagi filiallarida hisobraqam ochishi mumkin.

Har kuni banklar roʻyxati kengayib boradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Endi bank hisobraqamini onlayn tarzda ochishingiz mumkin