11:15 / 28.03.2019
3 477

Bozorlardagi narx-navo haqida maʼlumot berildi

Bozorlardagi narx-navo haqida maʼlumot berildi
Davlat statistika qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi hududiy dehqon bozorlarida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarning minimal-maksimal narxlari toʻgʻrisida maʼlumot berdi (2019 yil 26 mart holatiga 1 kg. soʻmda).

Mol goʻshtining eng qimmati Toshkent shahridagi “Eski joʻva dehqon bozori”, “Oloy dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”da - 45 ming soʻm.
Eng arzoni Nukusda (“Nukus dehqon bozori”) - bir kilogrammi 28 ming soʻm.

Qoʻy goʻshtining eng qimmati Toshkentdagi “Eski joʻva dehqon bozori”, “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”da (48 ming soʻm).
Eng arzoni Toshkent shahridagi “Mirobod dehqon bozori”da (30 ming soʻm).

Kartoshkaning eng qimmati Toshkent shahridagi “Mirobod dehqon bozori”da (5000 soʻm).
Eng arzoni Toshkentdagi “Eski joʻva dehqon bozori”, “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Qoʻyliq dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”da (1200 soʻm).

Piyozning eng qimmati Toshkent shahridagi “Mirobod dehqon bozori”da (3000 soʻm).
Eng arzoni Toshkentdagi “Eski joʻva dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori” va “Qoʻyliq dehqon bozori”da (500 soʻm).

Sabzining eng qimmati Toshkent shahridagi “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (4000 soʻm).
Eng arzoni Fargʻona shahridagi “Fargʻona shahar Markaziy dehqon bozori”da (1000 soʻm).

Tuxumning eng qimmati (10 dona) Toshkent shahridagi “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”da (8000 soʻm).
Eng arzoni Qarshi shahridagi “Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori”da (3500 soʻm).

Guruchning eng qimmati Namangan shahridagi “Namangan chorsu dehqon universal bozori”, Toshkent shahridagi “Oloy dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”da (17 000 soʻm).
Eng arzoni Nukus shahridagi “Nukus dehqon bozori”, Guliston shahridagi “Guliston dehqon bozori”da (5000 soʻm).

Oʻsimlik yogʻining eng qimmati Andijon shahridagi “Andijon shahar markaziy dehqon bozori”, Jizzax shahridagi “Jizzax markaziy dehqon bozori”, “Eski shahar dehqon bozori”, Qarshi shahridagi “Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori”, Samarqand shahridagi “Temiryoʻl dehqon bozori”, “Damariq dehqon bozori”, Fargʻona shahridagi “Fargʻona shahar Markaziy dehqon bozori”, Toshkent shahridagi “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”da (12 500 soʻm).
Eng arzoni Toshkent shahridagi “Farhod dehqon bozori”da (7600 soʻm).

Shakarning eng qimmati Nukus shahridagi “Nukus dehqon bozori”, Andijon shahridagi “Yangi bozor dehqon bozori”, “Andijon shahar markaziy dehqon bozori”, Jizzax shahridagi “Jizzax markaziy dehqon bozori”, “Eski shahar dehqon bozori”, Qarshi shahridagi “Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori”, Navoiy shahridagi “Saxovat bozori”, Namangan shahridagi “Namangan chorsu dehqon universal bozori”, Samarqand shahridagi “Siyob dehqon bozori”, “Temiryoʻl dehqon bozori”, “Damariq dehqon bozori”, Termiz shahridagi “Termiz shahar oziq-ovqat bozori”, “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”, “Guliston dehqon bozori”, Fargʻona shahridagi “Fargʻona shahar Markaziy dehqon bozori”, Urganch shahridagi “Urganch markaziy dehqon bozori”da (5500 soʻm).
Eng arzoni Toshkent shahridagi “Eski joʻva dehqon bozori”, “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Qoʻyliq dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”da (4500 soʻm).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Bozorlardagi narx-navo haqida maʼlumot berildi