Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Unda qayd etilishicha, ushbu qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining faoliyatini tartibga solishdan iborat.
Qonun loyihasida ta’kidlanishicha, Milliy gvardiya jamiyat va davlat xavfsizligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish, aholini turli ichki tahdidlardan, jinoiy va boshqa noqonuniy xatti-harakatlardan himoya qilish, shuningdek Milliy gvardiyaning vakolatiga kiritilgan davlat ahamiyatidagi maxsus vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan.
Hujjatda Milliy gvardiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, asosiy prinsiplari, Milliy gvardiyaning boshqa organlar, tashkilotlar va fuqarolar bilan hamkorligi, vakolatlari, huquq va majburiyatlari ko‘rsatilgan.
Qonun loyihasi o‘zbek tilida berilgan bo‘lib, uning to‘liq matni bilan bu yerda tanishish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi