2 499
O‘zbekistonga birinchi yarim yillik ichida 3 mlndan ko‘proq sayyoh tashrif buyurdi
Senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va boshqa daxldor vazirlik va idoralarning turizmni rivojlantirish sohasidagi islohotlarning amalga oshirilishi bo‘yicha axborotini tinglashdi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston eng erkin viza tartiblari reytingida MDH davlatlari orasida 2-o‘rinni egallagan. Birinchi yarim yillik natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonga ilk 6 oy ichida 3 mlndan ko‘proq xorijiy sayyoh tashrif buyurgan, bu esa 2018 yilning shu davriga nisbatan 31 foiz ko‘proqdir.
Shuningdek, sayyohlik xizmatlari eksporti oshmoqda, u 2018 yilda 1 mlrd 40 mln dollargacha ko‘paygan. 2019 yilning birinchi yarmida esa bu ko‘rsatkich 590,5 mln dollarni tashkil qilgan.
Yuqoridagi tendensiyalar va miqdoriy natijalar ham sayyohlik infratuzilmasi ob’ektlari rivojiga ta’sir ko‘rsatadi. Misol uchun, xorijiy sayyohlarning O‘zbekistonda qolishi davomiyligi oshishi bilan joylashtirish vositalari yuklangani ham o‘smoqda, bu esa sayyohlik infratuzilmasi ob’ektlaridagi bandlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shu bilan birga, ushbu sohada bir qator muammolar ham mavjud. Ta’kidlanishicha, bir qator daxldor vazirliklar va idoralarda turizmni rivojlantirish faqatgina Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi zimmasida degan yanglish nuqtai nazar vujudga kelgan. Shu sababli zaif idoralararo muvofiqlashtirish qayd qilinib, u ko‘pincha turizm sohasidagi davlat siyosatiga to‘g‘ri kelmaydigan ba’zi me’yoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishi va qabul qilinishi bilan ifodalangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi