13:00 / 30.08.2019
2 598

O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo kutilyapti?

O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo kutilyapti?
Respublika Gidrometeorologiya markazi 31 avgust - 3 sentyabr kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 avgust-1 sentyabrda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin, ba’zida esa 23-25 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 31 avgustda 12-17 daraja, 1-3 sentyabrda 10-15 daraja iliq, kunduzi 31 avgust-2 sentyabrda 22-27 daraja, 3 sentyabrda 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 avgust-1 sentyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31 avgustda kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq, 1-3 sentyabrda kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 1 sentyabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, momaqaldiroq bo‘ladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 avgust-1 sentyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 31 avgustda 15-20 daraja, 1-3 sentyabrda 12-17 daraja iliq, kunduzi 31 avgustda 27-32 daraja, 1-2 sentyabrda 23-28 daraja, 3 sentyabrda 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 avgust-1 sentyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 31 avgustda 15-20 daraja, 1-3 sentyabrda 13-18 daraja iliq, kunduzi 29-34 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 2 sentyabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, momaqaldiroq bo‘ladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 avgust-1 sentyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31 avgust-1 sentyabrda kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 28-33 daraja issiq, 2-3 sentyabrda kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 31 avgustda va 3 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 1-2 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, momaqaldiroq bo‘ladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 avgust-1 sentyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31 avgustda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq, 1-3 sentyabrda kechasi 8-13 daraja, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo kutilyapti?