06:00 / 11.12.2019
5 217

Inson taraqqiyoti indeksi e’lon qilindi. O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Inson taraqqiyoti indeksi e’lon qilindi. O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?
BMT Taraqqiyot dasturi navbatdagi Inson taraqqiyoti indeksini e’lon qildi. Mazkur reytingni tuzishda mamlakatlardagi o‘rtacha umr davomiyligi, savodxonlik va hayot darajasiga asoslanilgan.

Inson taraqqiyoti indeksi turli mamlakatlar va mintaqalarda hayot darajasini qiyoslovchi o‘lchov vositasi hisoblanadi.
Bu yilgi reytingda ilk uch o‘rinni Norvegiya, Shveysariya va Irlandiya egalladi. Hayot darajasi eng yomon deb topilgan uch mamlakat Chad, Markaziy Afrika Respublikasi va Niger bo‘ldi.

O‘zbekistonga esa Turkmaniston bilan bitta – 108-o‘rin ravo ko‘rildi. Qolgan qo‘shni davlatlarning o‘rinlari quyidagicha: Qozog‘iston – 50, Qirg‘iziston – 122, Tojikiston – 125, Afg‘oniston – 170.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Inson taraqqiyoti indeksi e’lon qilindi. O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?