11:00 / 17.12.2019
2 544

Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening taklifiga binoan 17 dekabr kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yaponiya – ulkan iqtisodiy, industrial va intellektual salohiyatga ega mamlakat. Iqtisodiyot rivoji bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. “Katta yettilik” davlatlari qatoriga kiradi, xalqaro maydonda muhim rol o‘ynaydi.

O‘zbekiston va Yaponiya strategik sherik, ikki mamlakatni yaqin ko‘p qirrali hamkorlik bog‘lab turadi. Davlatimiz rahbarining rasmiy tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishning yangi bosqichini boshlab beradi.

Prezident dastlab mamlakatning yirik sanoat va ilm-fan markazi - Nagoya shahrida bo‘ladi. Tokio shahrida Yaponiya imperatori, bosh vaziri, parlamenti va hukumati rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga jo‘nab ketdi