O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1 fevral kuni “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi, deb xabar bermoqda Qalampir.uz sayti.
Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 29 iyundagi 245-son qarori bilan tasdiqlangan Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish tartibiga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilishi belgilandi.
Yangi tartibga ko‘ra, tovarlar va xizmatlarni eksportga sotishdan olingan xorijiy valyutadagi tushumning 25 foizi vakolatli banklarga majburiy sotilishi kerak, eksport qilishdan tushgan xorijiy valyutadagi tushumning 50 foizi majburiy sotilishi kerak bo‘lgan tovarlar va xizmatlarning alohida turlari bundan mustasno.
16 turdagi tovar va xizmatlar ro‘yxatning mustasno bo‘lgan qatoridan joy olgan bo‘lib, tushumning 50 foizi xorijiy valyutada bo‘lishi lozim. Bu tovarlar va xizmatlar qatoriga bug‘doy, barcha turdagi oltingugurt, tabiiy gaz va neft-gaz tarmog‘ining boshqa mahsulotlari, vodorod, inert gazlar va boshqa metall bo‘lmagan gazlar, rux va undan tayyorlangan buyumlar, gidrazin va gidroksilamin hamda ularning noorganik tuzlari, boshqa noorganik asoslar, oksidlar, gidroksidlar va boshqa metallar peroksidlari, uran, polietilen, polipropilen, qora metallar, mis va undan tayyorlangan buyumlar, boshqa qimmatli bo‘lmagan metallar, metallokeramika, ulardan tayyorlangan buyumlar, aviatransport xizmatlari, temir yo‘l transporti xizmatlari, telekommunikasiya xizmatlari, bank xizmatlari kiradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi