Avval xabar berilganidek, 12 iyun kuni Prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Samarqand viloyati hokimi Himmat Qo‘chqorovich Oqbo‘taev ishdan olindi.
Ma’lum bo‘lishicha, viloyat hokimining jamoatchilik va rahbarlar fikrini inobatga olmasdan ish tutishi, ijrochilar oldiga sayoz o‘ylangan vazifa va topshiriqlarni qo‘yishi, unda jur’at va tashabbuskorlik, mas’uliyatni dadillik bilan o‘ziga olish fazilatlari etishmasligi hozirgi vaqtda viloyatda o‘ta jiddiy va dolzarb vazifalarni hal etish imkonini bermagan. Xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot mavjud emas, ommaviy axborot vositalari bilan aloqalarda uzilish paydo bo‘lgan.
Yig‘ilish davomida Shavkat Mirziyoyev o‘tgan haftada Samarqand viloyatiga tashrifi davomida ayrim rahbarlarning befarqligi va harakatsizligi oqibatida bu hududda juda ko‘plab jiddiy muammolar to‘planib qolgani ma’lum bo‘lganini qattiq tanqid qildi. Ayniqsa, viloyat hokimi va uning o‘rinbosarlari, shahar va tumanlar hokimlari, viloyat idoralari rahbarlari o‘rtasida amaliy va sog‘lom munosabatga putur etgani Samarqandning bugungi taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Mazkur hududda barpo etilayotgan ob’ektlarni qurish, investisiya mablag‘larini o‘zlashtirish ishlari oqsamoqda, eksportga chiqariladigan mahalliy mahsulotlar hajmini ko‘paytirish ta’minlanmagan. Shahar va tumanlarda obodonchilik, odamlar uchun qulay, toza-ozoda muhit yaratish masalalari ham o‘z holiga tashlab qo‘yilgan. Viloyat moliya va soliq idoralari soliq bazasini kengaytirish imkoniyatlarini izlash va ularni to‘liq ishga solish ishlari bilan etarli darajada shug‘ullanmayapti. Ana shu muammolarni hal etish, bu yo‘lda butun Samarqand ahlini birlashtirish va o‘z ortidan ergashtirish uchun viloyat hokimi H.Oqbo‘taevda bilim va salohiyat, rahbarlik tajribasi etishmagan.
Samarqand viloyati hokimi H.Oqbo‘taev ish faoliyatida yo‘l qo‘ygan ana shunday jiddiy kamchilik va nuqsonlar uchun egallab turgan lavozimidan ozod qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi