Avval xabar berganimizdek, MDH sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Davlat rahbarlari uchrashuvidan so‘ng, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi sammitining tor doiradagi uchrashuvlari o‘tkazilib, undan keyin davlat rahbarlari muhokamalarni kengaytirilgan tarkibda davom ettirishga kirishdi.
Majlisda MDH mamlakatlarining Parlamentlararo assambleyasi faoliyatini takomillashtirish masalasi muhokama qilinishi belgilangan edi.
MDHga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlarining Oila instituti va an’anaviy oilaviy qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bayonoti, Hamdo‘stlikda 2019 yilni “Kitob yili”, 2020 yilni “1941–1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi yili”, deb e’lon qilish haqida qaror qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, Hamdo‘stlik mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan boshqa hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi