O‘zbekiston – Suriya uchrashuvini Ryuji Sato boshqarib boradi

  • 03 avgust 2016, 12:08
  • 5 068
  • Sport
  • O‘zbekiston – Suriya uchrashuvini Ryuji Sato boshqarib boradi

    Jahon chempionati-2018 saralashining uchinchi bosqichi doirasidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasining dastlabki uchrashuvini yaponiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi, deb xabar beradi “O‘FF” .

    Samvel Babayan murabbiylik qilayotgan O‘zbekiston terma jamoasi saralashning uchinchi bosqichini 1 sentyabr kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida Suriyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Ushbu o‘yinni boshqarib borish uchun FIFA tomonidan yaponiyalik hakamlar guruhi tayinlangan.

    O‘yin bosh hakami sifatida FIFA hakami Sato Ryuji ish olib borsa, unga qanotlarda vatandoshlari Toru Sagara hamda Xiroshi Yamauchi yordam beradi. To‘rtinchi hakam – Xiroyuki Kimura. Hakamlar nazoratchisi – baxraynlik Abdulrahmon Aldelavar bo‘lsa, komissar – Ni Sen Toh (Malayziya).

    Ta’kidlash kerakki, Jahon chempionati–2018 turnirining uchinchi saralash bosqichiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi yig‘inni shu yilning 20 avgust kuni boshlaydi.

    Yig‘in doirasida milliy terma jamoa 24 avgust kuni Yaman termasiga qarshi Toshkentda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Shundan so‘ng, JCh–2018 turnirining uchinchi saralash bosqichiga kirishiladi.
    .

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekiston – Suriya uchrashuvini Ryuji Sato boshqarib boradi