10:09 / 07.05.2024
140

Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi

Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi
Foto: Foxsports
Fransiyalik futbolchi sprinter Useyn Bolt bilan poyga qilish taklifini rad etmasligini aytib o‘tdi.

Avvalroq yengil atletika bo‘yicha sakkiz karra Olimpiada chempioni shunday degan edi: “Men Mbappe bilan 100 metrga o‘zimning eng yaxshi sport formamda raqobatlashishni istardim. U yugurib, natijani ko‘rishimga ruxsat berishi kerak”.

Useyn Boltdek odamni ilhomlantirganimni bilish juda yoqimli. U ham barchani ilhomlantiradi. Menimcha, hamma Useyn Boltning yugurishini tomosha qilish uchun yarim tungacha kutib o‘tirar edi. Aytishim mumkinki, men uni hayratda qoldirishimdan ancha oldin men uning natijalaridan ruhlanar edim.

Menda hech qanday imkoniyat yo‘q. Agar ikkalamiz ham vaqt topsak, nima uchun buni bajarib ko‘rmaslik kerak!? Men hech qanday natija kutmayman, lekin bu zavqli
”, —dedi “PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe Brut'ga bergan intervyusida.

38 yoshli yamaykalik yengil atletikachi 8 karra Olimpiada chempioni hisoblanadi. U — 100 (9,58 soniya) hamda 200 (19,19 soniya) metrga yugurish bo‘yicha jahon rekordchisi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi