“SSKA” sharafini himoya qilayotgan Abbosbek Fayzullayev Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadada ishtirok etishi haqidagi savolga javob berdi.
“Bu O‘zbekiston uchun tarixiy natija. Jamoaning bir qismi ekanligimdan faxrlanaman. Odamlarga katta quvonch olib keldik.
Finalda o‘ynamadim? Federatsiya va klubning o‘zaro kelishuvini hurmat qilaman. O‘ynashni xohlagandim, lekin bitimda bunday band yo‘q edi.
Olimpiadada ishtirok etamanmi? Hozircha buni muhokama qilmadik. Hozir bor e’tiborimni “SSKA”ga qaratganman. Kubokni yutmoqchimiz, “Zenit”ni mag‘lub eta olamiz. Kubok yoki chempionat, farqi yo‘q. Muhimi, finalga chiqa olish, albatta, chempionatni unutmagan holda”, — deydi Abbosbek.
Fayzullayev U-23 Osiyo Kubogining guruh bosqichi 3-turi oldidan terma jamoa ixtiyoriga borib qo‘shilgandi. Shundan so‘ng Vetnam (3:0), Saudiya Arabistoni (2:0) va Indoneziyaga (2:0) qarshi o‘yinlarda maydonga tushib, final oldidan “SSKA” tarkibiga qaytib ketgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
NATO rahbariyati g‘arbdagi yirik kompaniyalarni urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi
AQSH Yaponiyaga HIMARS tizimlarini joylashtiradi
2050 yilda 1,2 milliardgacha odam yashash joyini tark etadi
Toshkentda 7,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagan sex aniqlandi
Olimlar qahvaning ichakdagi bakteriyalar tarkibiga ta’sirini aniqladi
Ro‘ziqul Berdiyev: "12 ta mag‘lubiyatsiz seriya qayd etgandik, hozir esa ketma-ket to‘rtta mag‘lubiyat"
Qur’onni yoqqani uchun qamalgan Nikita Juravelga yangi hukm o‘qildi