Babayan Burkina-Fasoga qarshi o‘yin uchun chaqirilgan futbolchilar nomini e’lon qildi

  • 15 avgust 2016, 22:53
  • 4 423
  • Sport
  • Babayan Burkina-Fasoga qarshi o‘yin uchun chaqirilgan futbolchilar nomini e’lon qildi

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan 24 avgust kuni Burkina-Faso milliy terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik o‘yiniga chaqirilgan futbolchilar nomini e’lon qildi.

    Eslatib o‘tamiz, mazkur o‘yin O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati 3-saralash bosqichi ilk turida Suriyaga qarshi o‘yindan oldin o‘tkazadigan so‘nggi o‘rtoqlik o‘yini hisoblanadi. Aynan Burkina-Fasoga qarshi o‘yindan so‘ng milliy terma jamoa bosh murabbiyi Suriyaga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin bo‘lgan futbolchilar nomini e’lon qiladi.

    Ta’kidlash lozim, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Burkina-Fasoga qarshi o‘yin oldidan 20 avgust kuni Toshkentga yig‘inga kirishadi va Babayan mazkur yig‘inga jami 24 nafar futbolchini jalb etgan. Mazkur o‘rtoqlik uchrashuvi uchun xorijda to‘p surayotgan bir qator legioner futbolchilar ham chaqirilgan. Faqatgina, Odil Ahmedov (“Krasnodar”), Vitaliy Denisov (“Lokomotiv”, Moskva), Sardor Rashidov (“Al Jaish”, Qatar) hamda Sanjar Tursunov (“Um Salal”, Qatar) kabi futbolchilar mazkur yig‘inda ishtirok eta olishmaydi.

    Eslatib o‘tamiz, Burkina-Fasoga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi 24 avgust kuni Paxtakor stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.

    Burkina-Faso terma jamoasiga qarshi o‘yinga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxati:

    Darvozabonlar:

    Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”)

    Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”)

    Eldorbek Suyunov (“Nasaf”)

    Himoyachilar:

    Stanislav Andreev (“Paxtakor”)

    Aleksandar Merzlyakov (“Buxoro”)

    Anzur Ismoilov (“Chanchun Yatay”, Xitoy)

    Ruslan Melziddinov (“Buxoro”)

    Egor Krimes (“Beyjing Guoan”, Xitoy)

    Azim Ahmedov (“Paxtakor”)

    Islom To‘xtaxo‘jaev (“Lokomotiv”)

    Davron Hoshimov (“Paxtakor”)

    Yarim himoyachilar:

    Marat Bikmaev (“Lokomotiv”)

    Jasur Hasanov (“Qizilqum”)

    Aziz Haydarov (“Ash Shabob”, BAA)

    Salamat Qutiboyev (“Buxoro”)

    Javohir Sohibov (“Paxtakor”)

    Otabek Shukurov (“Bunyodkor”)

    Doston Hamdamov (“Bunyodkor”)

    Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”)

    Shoxruz Norxonov (“Obod”)

    Server Jeparov (“Lokomotiv”)

    Hujumchilar:

    Igor Sergeev (“Beyjing Guoan”, Xitoy)

    Zohid Abdullaev (“Metallurg”)

    Eldor Shomurodov (“Bunyodkor”)

    Manba: www.the-uff.com

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Babayan Burkina-Fasoga qarshi o‘yin uchun chaqirilgan futbolchilar nomini e’lon qildi