Futzal. O‘zbekiston terma jamoasi Evropa chempioniga mag‘lub bo‘ldi

  • 04 sentyabr 2016, 12:07
  • 4 457
  • Sport
  • Futzal. O‘zbekiston terma jamoasi Evropa chempioniga mag‘lub bo‘ldi

    2 sentyabr kuni Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi o‘zining Portugaliyadagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari davomidagi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Evropaning amaldagi chempioni – Ispaniya terma jamoasiga qarshi kechgan ucharshuvda Mendez shogirdlari 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

    Ispaniyaga qarshi uchrashuv O‘zbekiston terma jamoasi uchun ushbu yig‘indagi yakuniy nazorat o‘yini bo‘ldi. 3 sentyabrda delegasiya Ispaniyaning Santyago-de-Kampostela shahriga yo‘l oladi va u erda uch kunlik yig‘in o‘tkazadi. Shundan so‘ng jamoa futzal bo‘yicha Jahon chempionati final bosqichida ishtirok etish uchun Kolumbiyaga uchib ketadi.

    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston mundial final bosqichining “A” guruhidan o‘rin olgan va keyingi bosqichga chiqish uchun guruhda Kolumbiya, Portugaliya va Panama terma jamoalari bilan bahslashadi.

    Ispaniya – O‘zbekiston 4:0
    Gollar: Fernandao (10), Adolfo Fernandes (25), Bebe (34), Lozano (39)

    Ispaniya
    Darvozabonlar: 1.Sedano, 12.Xuanxo
    Maydondagi futzalchilar: 2.Ortiz (k), 3.Xose Ruis, 4.Bebe, 5.Aykardo, 6.Fernandao, 8.Rivilos, 9.Lozano, 10.Aleks, 11.Migellin, 14.Raul Kampos, 15.Adolfo Fernandes

    O‘zbekiston
    Darvozabonlar: 1.Rustam Umarov, 12.Akmal Xazratkulov;
    Maydondagi futzalchilar: 3.Nodir Elibaev, 11.Artur Yunusov (s), 14.Konstantin Sviridov, 15.Javlon Anorov, 7.Dilshod Raxmatov, 2.Dilshod Irsaliev, 8.Farxod Abdumavlonov, 13.Feruz Faxriddinov, 4.Shuxrat Tojiboyev, 5.Davron Choriev, 10.Mashrab Odilov, 9.Ilxom Hamroyev.

    Manba: www.the-uff.com

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Futzal. O‘zbekiston terma jamoasi Evropa chempioniga mag‘lub bo‘ldi