Qorao‘zakda “uddaburon” jamiyat vakilidan jinoiy jarima undirildi

1 daqiqa o'qish309
Qorao‘zakda “uddaburon” jamiyat vakilidan jinoiy jarima undirildi

Fuqaro U.Q. o‘zining boshqaruvidagi jamiyatda g‘allachilik klasteri faoliyati bilan shug‘ullanib, bank oldidagi majburiyatini bajarmaslik maqsadida, fermer xo‘jaliklari tomonidan topshirilgan 425 mln. so‘mlik g‘alla mahsulotlarini o‘zining boshqaruvidagi boshqa jamiyatlar orqali sotib, sotuvdan tushgan pul mablag‘larini boshqa maqsadlarda sarflaganligi oqibatida bankka ko‘p miqdorda zarar yetkazgan.

Shu sababli, u Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorao‘zak tuman sudining 29.11.2025 yildagi hukmi bilan O‘zbekiston Respublikasi JKning 192-11-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan deb topilib, unga nisbatan BHMning bir yuz ellik baravari, ya’ni 56 250 000 so‘m jarima jazosi tayinlangan.

Ushbu hukmga asosan chiqarilgan ijro varaqasi Majburiy ijro byurosi Qorao‘zak tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.

Xususan, qarzdorning O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqish huquqiga nisbatan cheklov o‘rnatilib, undiruv uning ish haqiga qaratilgan.

Shundan so‘ng, fuqaro tomonidan ushbu 56,2 mln. so‘mlik jarima to‘liq to‘lab berilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?