O‘zbekistonlik velosportchilar Filippinda ilk medalni qo‘lga kiritdi

Bugun, 25 mart kuni Filippin poytaxtida velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha turli yosh guruhlari va kategoriyalari uchun Osiyo chempionati rasman start oldi. Musobaqada qit’aning eng iqtidorli yosh sportchilari ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi musobaqaning ilk kunida o‘z qobiliyatini namoyish etdi va yosh qizlar o‘rtasidagi jamoaviy ta’qib poygasi dasturida bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bu natija O‘zbekiston uchun qit’a birinchiligida jamoaviy yo‘nalishda shohsupaga birinchi marta chiqish bilan ajralib turadi.
Musobaqa 31-martga qadar davom etadi va O‘zbekistonlik sportchilarning yanada yuqori natijalar ko‘rsatishi kutilmoqda. Mutaxassislar va sport muxlislari bu natijani katta qiziqish va quvonch bilan kuzatmoqda hamda terma jamoaning kelgusidagi qit’a va xalqaro musobaqalardagi samaradorligidan umidvor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!