Dam olish kunlari poytaxtda «Tashkent Urbaniya 2016» yoshlar festivali bo‘lib o‘tadi.
15 va 16 oktyabr kunlari Toshkentda an’anaviy «Tashkent Urbaniya 2016» yoshlar festivali bo‘lib o‘tadi, deya xabar qildi «Turkiston-press» NAA, tadbir Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Toshkent Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, «Kamolot» harakati, «Sog‘lom avlod uchun» jamg‘armasi va O‘zbekiston Ekstremal va tog‘ turizmi federasiyasi hamkorligida o‘tkaziladi.
«Bolalar san’at va ijod markazi» bog‘i (sobiq Ekopark)da o‘tkaziluvchi festivalda sportning ekstremal shahar turlari bo‘yicha professional va ishqiboz ishqibozlari jam bo‘ladi. Festival shiori: «Yoshlar — sog‘lom turmush tarzi uchun».
Tadbir Ekstremal va tog‘ turizmi federasiyasi qoshida tashkil etiladigan sportning shahar turlari bo‘yicha to‘garaklarga bolalar va o‘smirlarni jalb etishga qaratilgan.
«Bu yil 200 kishining chiqish qilishini kutayapmiz, — dedi federasiya rahbari Leonid Kozlovskiy. — Joriy yilda festival 15-bor o‘tkazilmoqda. Avvaliga u „Ekstrim narkotiklarga qarshi“ edi… Bu erda har kim o‘z iqtidorini namoyish etishi mumkin». “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi