O‘zbekistonda chop etiladigan News Arena nashri bilan suhbatda bokschi Ruslan Chagaev Germaniyadan Rossiyaga ko‘chib o‘tishi sabablarini tushuntirib berdi.
«Shunchaki klubimni almashtirdim. Menga yaxshi sharoit va shartnoma taklif qilishdi. Ko‘chib o‘tishimga asosiy omil shu. Bokschi uchun mukammal sharoit asosiy rolni o‘ynaydi. Ajoyib muhit, ajoyib muxlislaring va ularning e’tibori bo‘lishi yoqimli», — deb javob bergan Ruslan Chagaev, ishlarini yo‘lga qo‘yib olgach O‘zbekistonga qaytishini ham aytib o‘tgan.
«Hozir bo‘sh vaqtim ko‘p bo‘lyapti. Boksdan keyingi hayotimni yo‘lga qo‘yishga harakat qilyapman. Oilam davrasida ko‘proq bo‘laman, farzandlarim uchun vaqt sarflayman».
Lukas Braunga qarshi jang Ruslan Chagaev faoliyatidagi eng alamlisimi?
«Men hakamning qaroriga qo‘shilmayman. Ammo u shunday baholadimi, demak tortishib o‘tirishga hojat yo‘q. Buni endi hech kim o‘zgartira olmaydi».
«O‘zbekistonlik bokschilarning professional faoliyatini kuzatib borishga harakat qilaman. Rossiyada o‘tgan janglarini borib tomosha qildim. Yaxshi bokschilarimiz ko‘p. Ular hali o‘z so‘zini aytadi. Unutishmasin, men ularning birinchi raqamli muxlisiman», — deb aytib o‘tgan Chagaev.
Ruslan qayta jang o‘tkazish imkoni bo‘lsa, kimni raqib sifatida tanlashi borasidagi savolga ochiq javob berishni istamagan: «Endi buning ahamiyati yo‘q. Baribir qaytib kelmaydi, hayotga real ko‘z bilan qaragan yaxshi. Men faoliyatimni tugatdim, janglarimning hammasi endi o‘tmish».
O‘zbekistonlik bokschi sportdagi yagona armoni havaskorlar o‘rtasida Olimpiada medalini qo‘lga kirita olmagani ekanini qo‘shimcha qilgan:
«Ha, bu mening yagona armonim. Faoliyatimdan ba’zida qoniqish hosil qilmaganman, ba’zida esa aksincha. O‘ylab ko‘rsam, undan ko‘nglim to‘lgan. Afsuslanmayman. Nimaga erishgan bo‘lsam ham, hammasi Yaratganning menga bergan in’omi. Peshonamga nima yozilgan bo‘lsa, shu bo‘ldi». “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi