Xavi Qatarda faoliyatini davom ettiradi

  • 22 mart 2015, 10:58
  • 4 635
  • Sport
  • Xavi Qatarda faoliyatini davom ettiradi

    “Barselona” jamoasining uzoq yillik sardori hisoblanadigan Xavi Ernandes Qatar jamoasi bilan kelishuvga erishgan. Bu haqda El Mundo Deportivo xabar bermoqda.

    Xabarda aytilishicha, Xavi mavsum tugagandan keyin “Barselona”ni tark etadi. U Qatarning “Al-Sadd” jamoasida o‘ynashga qaror qilgan.

    Ushbu kelishuv bandlari hozircha oshkor qilinmagan.

    Ma’lumot uchun, Xavida “Barselona” bilan 2016 yilgacha tuzilgan shartnoma mavjud. Kataloniyaliklar Xavining ketishi orqali kompensasiya mablag‘i olishadi.

    Eslatib o‘tamiz, “Al-Sadd” jamoasida ispan futbolining yana bir afsonasi Raul Gonsales ham bir muddat to‘p surgan.

    Ayni vaqtda 35 yoshda bo‘lgan Xavi Ernandes “Barselona” safida 705 marta o‘yin o‘tkazgan hamda 81 ta gol urishga erishgan.

    Manba: www.kun.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Xavi Qatarda faoliyatini davom ettiradi