Italiyaning «Milan» jamoasi 3 mart kuni to‘liq xitoylik biznesmenlar qo‘liga o‘tadi. Xabarlarga ko‘ra, Xitoyning Sino-Europe Sports tijorat firmasi jamoaning 99,9% aksiyalarigi sotib olgan, deb yozmoqda Uff.uz sayti.
1 mart kuni xitoylik ishbilarmonlar Berluskoni hisob raqamiga 320 million evro o‘tkazib berishadi va prezident bilan jamoa borasidagi so‘nggi shartnomaga ega bo‘lishadi.
Xitoylik mutaxassislar birinchi bo‘lib, jamoa darvozaboni Janluijji Donnaruma bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirishgan.
Shuningdek yozgi transferlar mavsumida yangi futbolchilar uchun 120-130 million evro atrofida mablag‘ ajratishmoqchi.
Silvio Berluskonining xitoylik hamkorlari bundan avvalroq uning hisob raqamiga yana 100 million evro mablag‘ o‘tkazib berishgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi