23:48 / 18.02.2017
5 387

«Real» ketma-ket 42 o‘yinda gol urib, o‘z rekordini yangiladi

«Real» ketma-ket 42 o‘yinda gol urib, o‘z rekordini yangiladi

Madridning «Real» klubi Ispaniya chempionati 23-turida «Espanol»ga qarshi kechgan bahsda 2:0 hisobida g‘alabaga erishdi.

Shu tariqa madridliklar ketma-ket 42 o‘yinda gol urishga muvaffaq bo‘ldilar. «Real» oxirgi marta 2016 yilning 26-aprelida «Manchester Siti»ga qarshi EChL yarim finalida kechgan bahsda gol ura olmagan edi. Shundan buyon Zinedin Zidan shogirdlari 42 o‘yinda maydonga tushib, 113 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lishgan.

Bu borada Ispaniya chempionatida mutlaq rekord «Barselona»ga tegishli. Kataloniyaliklar 1942/43 va 1943/44 yilgi mavsumlarda qatorasiga 44 ta o‘yinda gol urishga muvaffaq bo‘lishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Real» ketma-ket 42 o‘yinda gol urib, o‘z rekordini yangiladi