08:19 / 04.03.2017
6 531

Ko‘pchilik kutgan jang o‘tkazilmaydigan bo‘ldi

Ko‘pchilik kutgan jang o‘tkazilmaydigan bo‘ldi

Rossiyalik aralash jang san’ati (MMA) jangchisi Xabib Nurmagomedov va Mutlaq jang chempionati (UFC) vakili, amerikalik Toni Fergyuson o‘rtasida bo‘lib o‘tishi kutilgan jang bekor qilindi. Bu ma’lumot Rossiyalik sportchining otasi tomonidan tasdiqlangan, deb yozadi Kun nashri.

4 mart kuni rossiyalik sportchi shifoxonaga tushib qolgan. U jigaridagi og‘riq tufayli vazn o‘lchash marosimiga kelmagan. U marosim boshlanishiga 3 soat qolganida shifoxonaga olib ketilgan.

Ushbu jang yakshanbaga o‘tar kechasi Las-Vegasda UFC 209 musobaqasi doirasida o‘tkazilishi belgilangandi. Nurmagomedov va Fergyuson yengil vazn toifasidagi "vaqtinchalik" chempion unvoni uchun jang qilishi kerak edi.

Ushbu jang g‘olibi o‘rta vaznda amaldagi chempion, irlandiyalik Konor Makgregor bilan jang qilish huquqini qo‘lga kiritishi mumkin edi.

28 yoshli Nurmagomedov hozircha mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda, uning hisobida 24 ta g‘alaba bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ko‘pchilik kutgan jang o‘tkazilmaydigan bo‘ldi