16:39 / 16.03.2017
9 803

"UzReport TV" EChL hamda Evropa Ligasi 1/4 finaliga qur’a tashlash marosimini jonli efirda namoyish etadi

"UzReport TV" EChL hamda Evropa Ligasi 1/4 finaliga qur’a tashlash marosimini jonli efirda namoyish etadi

Evrokuboklarning ushbu mavsumi futbol muxlislariga ko‘plab unutilmas onlarni taqdim qilyapti.

G‘oliblik uchun kurashayotganlar orasida dunyoning eng kuchli jamoalari bilan birgalikda, avval favorit hisoblanmagan klublar ham bor.

Ularning o‘zaro o‘yinlari esa hech kimni befarq qoldirmayapti. Chempionlar ligasining yakuniga etgan 1/8 final bahslarida urilgan jami 62 ta gol musobaqa tarixidagi ushbu bosqichning rekord natijasini keltirib chiqardi.

17 mart kuni Shveysariyaning Non shahrida Evropa chempionlar ligasi hamda Evropa ligasining chorak finaliga qur’a tashlash marosimlari o‘tkaziladi. Ushbu voqeani futbol muxlislari UZREPORT TV telekanalida jonli efirda tomosha qilishlari mumkin.

Ma’lumot uchun, Evropa Chempionlar ligasi 1/4 finaliga quyidagi jamoalar yo‘l olishdi:
“Atletiko”, "Bavariya”, "Barselona”, "Borussiya”, «Monako», "Real”, “Lester”, “Yuventus”.

Evropa Ligasi 1/4 finalida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadigan jamoalar nomi esa bugun tunda bo‘lib o‘tadigan o‘yinlardan keyin ma’lum bo‘ladi.

Evropa Chempionlar ligasi qur’a marosimi soat 16:00 da, Evropa ligasiniki esa soat 17:00da boshlanadi.

Ushbu translyasiyalar vaqtini inobatga olgan holda, avval 16:00 da namoyish etilishi rejalashtirilgan Evropa ligasidan o‘rin olgan “Roma” – “Lion” uchrashuvi ertaga soat 14:00 da efirga uzatiladigan bo‘ldi.


Manba: www.uzreport.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "UzReport TV" EChL hamda Evropa Ligasi 1/4 finaliga qur’a tashlash marosimini jonli efirda namoyish etadi