16:49 / 16.03.2017
4 598

Leonardu Jardim: Muxlislarimiz va butun Fransiya uchun ajoyib sovg‘a qildik

Leonardu Jardim: Muxlislarimiz va butun Fransiya uchun ajoyib sovg‘a qildik

Evropa chempionlar ligasining 1/8 final javob uchrashuvidan o‘rin olgan "Monako"-"Manchester Siti" jamoalari bahsidan so‘ng fransiyaliklar bosh murabbiyi Leonardu Jardim o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Chorak finalga yo‘l olganimizdan juda xursandman. Men Angliyadagi birinchi o‘yinimizni ikki-uch marta qayta ko‘rdim va 3:5 hisobi munosib bo‘lmagan edi deb hisoblayman. To‘g‘ri, biz o‘shanda himoyada ko‘p xato qilgan edik.

Biz birinchi taymda juda yaxshi o‘yin namoyish qildik va raqib hujumga o‘tishiga deyarli imkon qoldirmadik. Ikkinchi taymda raqib o‘z taktikasini o‘zgartirdi va bizga etarlicha qiyinchilik yarata oldi. Shu sabab ikkita hujumchi bilan harakat qilishga majbur bo‘ldik.

Bu natija muxlislarimiz va butun Fransiyaga sovg‘a bo‘ldi. Bu oxirgi yillarda ikkinchi marta chorak finalga yo‘l olishimiz. Biz Angliyaning ikkinchi jamoasini mag‘lub etdik. Bu Fransiya chempionatining saviyasini ko‘rsatib turibdi.

O‘yin oldidan mendan qo‘rqayotganim haqida so‘rashdi. Menga himoyaviy o‘yin yoqmaydi. Men ochiq o‘yinlarni sevaman", - deydi Jardim.


Manba: www.uzreport.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Leonardu Jardim: Muxlislarimiz va butun Fransiya uchun ajoyib sovg‘a qildik