11:00 / 09.04.2017
5 984

O‘zbekistonlik dzyudochi Mirzohid Farmonov Antaliya Gran Prisi g‘olibi bo‘ldi


Xalqaro dzyudo federasiyasining Antaliya Gran Prisida o‘zbekistonlik dzyudochi Mirzohid Farmonov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Hamyurtimiz 73 kg gacha vazn toifasida musobaqa g‘olibi bo‘ldi, deb yozadi "Kun.uz" nashri.

Bu vazn toifasida oltin medal uchun 26 dzyudochi, jumladan yana bir o‘zbekistonlik sportchi G‘iyosjon Boboyev bellashdi. Biroq Boboyev sloveniyalik Rok Draksichga chorak finalda mag‘lub bo‘ldi. Ta’kidlash joizki, G‘iyosjon o‘tgan haftada Tbilisi Gran Prisi g‘olibi bo‘lgandi.

Farmonov musobaqaning yarimfinalida kosovolik Akil Gjakov bilan uchrashib, uchta Vaza-ari bilan g‘olib bo‘ldi. Hamyurtimiz uchun final bahsi og‘ir kechdi, chunki u musobaqa mezboni vakili Hasan Vanlioglu bilan uchrashishiga to‘g‘ri keldi. Mahalliy muxlislarning turk dzyudochisini qizg‘in qo‘llab-quvvatlashlariga qaramay, Mirzohidning bu bahsda qo‘li baland keldi va u Xalqaro dzyudo federasiyasi Gran Prilarining uchinchi oltin medalini qo‘lga kiritdi.

Farmonov intervyuda ushbu g‘alaba butun O‘zbekistonniki ekanligini aytib o‘tdi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik dzyudochi Mirzohid Farmonov Antaliya Gran Prisi g‘olibi bo‘ldi