Anchelotti «Bavariya» bilan chempion bo‘lish orqali tarixiy natija qayd etdi

  • 30 aprel 2017, 09:00
  • 3 163
  • Sport
  • Anchelotti «Bavariya» bilan chempion bo‘lish orqali tarixiy natija qayd etdi
    «Bavariya» jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o‘z faoliyatida ilk marta Germaniya chempioniga aylandi.

    Shu tariqa, 57 yoshli italyan mutaxassisi Top-5 chempionatlaridan 4 tasida jamoasini chempionlikka olib kelgan ilk murabbiyga aylandi.

    Bungacha Anchelotti A Seriyada «Milan» bilan (2004), Premer-ligada «Chelsi» bilan (2010), va Liga 1 da «Pari Sen-Jermen» bilan (2013) chempionlikka erishgandi.

    Anchelotti Ispaniyada ham ishlagan, ammo 2 yillik faoliyati davomida «Real» bilan faqat Ispaniya Kubogida zafar quchgan, ammo chempionatdagi g‘oliblik nasib etmagandi.

    Anchelottining «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 3 yilga mo‘ljallangan. Jamoa joriy mavsumning 31-turida «Volfsburg»ni 6:0 hisobida engib, muddatidan oldin chempionlikni ta’minladi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Anchelotti «Bavariya» bilan chempion bo‘lish orqali tarixiy natija qayd etdi