09:11 / 15.05.2017
6 292

O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 6 iyun kuni Toshkent shahrida Tailand terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Bu haqda O‘FF Axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur bellashuv O‘zbekiston termasi uchun Eronga qarshi JCh-2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 8-turi oldidan tayyorgarlik vazifasini o‘taydi.

Eslatib o‘tamiz, Eron – O‘zbekiston uchrashuvi 12 iyun kuni Tehrondagi “Ozodi” stadionida o‘tkaziladi. O‘yin mahalliy vaqt bilan 21:15 (Toshkent vaqti bilan 21:45)da boshlanishi belgilangan.

Ma’lumot uchun, JCh-2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 7-turidan keyin O‘zbekiston 12 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. “B” guruhidagi Tailand esa 7 o‘yindan keyin 1 ochko bilan so‘nggi, 6-pog‘onani band qilib turibdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi