date

Javohir Sindarov Nomzodlar turnirida raqibini mag‘lub etdi

Javohir Sindarov Nomzodlar turnirida raqibini mag‘lub etdi

Kiprda bo‘lib o‘tayotgan Nomzodlar turnirining 3-tur bahslari ham o‘z yakuniga yetdi. Hamyurtimiz Javohir Sindarov qora donalarda hindistonlik Rameshbabu Pragnanandxaga qarshi bellashib, uni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.

Partiyaning dastlabki seytnot bosqichlarida har ikki shaxmatchining xatoga yo‘l qo‘ymaslik imkoniyati yuqori edi. Lekin hindistonlik grossmeysterning ikkita qo‘pol xatosidan foydalangan Javohir, qo‘shimcha vaqt qo‘shilguncha maydonni to‘liq nazorat qilib, raqibini vaqtdan oldin taslim bo‘lishga majbur etdi.

Ushbu g‘alaba orqali hamyurtimiz kechagi kunning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida eʼtirof etildi. Shu bilan birga, Javohir qora donalarda ko‘rsatayotgan yuqori performansini saqlab qoldi va bu anʼana yana-da mustahkamlandi.

Endi esa musobaqaning favoriti hisoblangan Fabiano va Javohir o‘rtasidagi to‘qnashuv 4-chi turda kuzatuvchilarni hayratda qoldirishi kutilmoqda. Muxlislar bu bahsga katta qiziqish bilan intizorlik bilan qaramoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Javohir Sindarov Nomzodlar turnirida raqibini mag‘lub etdi