Danni Blind Gollandiya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi

  • 02 iyul 2015, 10:26
  • 4 306
  • Sport
  • Danni Blind Gollandiya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi

    Niderlandiya Qirollik futbol uyushmasi Blind bilan 3 yillik shartnoma imzolanganini rasman tasdiqladi. Danni bungacha hafta avvalida iste’fo bergan Gus Xiddinkning yordamchisi sifatida ishlab kelayotgan edi, deb xabar beradi «Olamsport.com».

    Aslida Blind Xiddinkning o‘rnini Evro-2016dan so‘ng egallashi kutilayotgandi. Lekin saralash bahslaridagi qoniqarsiz natijalar sabab Xiddink muddatidan oldinroq iste’foga chiqarildi.

    Gus boshchiligida gollandlar o‘tkazilgan 10ta uchrashuvdan atigi 4tasida zafar quchishdi. Gollandiya terma jamoasi Blind boshchiligidagi ilk uchrashuvni 3 sentyabr kuni guruh peshqadami Islandiyaga qarshi o‘tkazishadi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Danni Blind Gollandiya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi