15:02 / 07.07.2017
5 670

Mbappe «Real» bazasiga keldi, u bilan shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishildi

Mbappe «Real» bazasiga keldi, u bilan shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishildi
Madridning «Real» klubi «Monako» hujumchisi Kilian Mbappe bilan, agar u «qaymoqranglilar» safiga o‘tadigan bo‘lsa, shartnoma shartlari qanday bo‘lishini kelishib olgan, deb yozmoqda Kun.uz.

Manba bergan xabarga ko‘ra, Mbappe dastlab ispan grandi bazasi bilan tanishtirish uchun taklif etilgan va bu erda u «Real» bilan shaxsiy shartnoma shartlarini muhokama qilib olgan. Agar klub Mbappeni sotib oladigan bo‘lsa, u bilan olti yillik shartnoma imzolanadi va uning yillik maoshi 6-7 mln evroni tashkil qiladi. Mbappe va uning oilasi bilan «Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan va klub prezidenti Florentino Peres uchrashib olgan.

«Real» hozircha monegaskliklarga rasmiy taklif bilan chiqqani yo‘q. Boshqa bir hujumchi Alvaro Morata sotib yuborilgach, jamoa Mbappe bo‘yicha taklif bilan chiqishni ko‘zlab turibdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mbappe «Real» bazasiga keldi, u bilan shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishildi