23:41 / 25.04.2024
97

Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz"

Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz"
Eron futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Vohid Shamsai O‘zbekistonga qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bo‘lajak bellashuv o‘ziga xos jozibaga ega. O‘zbekiston taktik va jismoniy jihatdan yaxshi shakllangan jamoa, lekin biz uchrashuvga to‘liq tayyormiz va ertangi o‘yinni intiqlik bilan kutyapmiz.

Baxtimizga yo‘qotishlar mavjud emas. Albatta, bu turnirda O‘zbekiston bilan bizning o‘rtamizda farq bor edi. Ya’ni O‘zbekiston jahon chempionatiga mezbonlik qilgani xotirjamroq edi, lekin biz va boshqa jamoalar yuqori o‘rinlarni egallash uchun bosim ostida o‘ynashga majbur edik.

Shogirdlarim o‘yindan-o‘yinga kuchayib bormoqda, ular mas’uliyatni his qilishadi va o‘z mavqeini yo‘qotishni istamaydi.

Ertangi o‘yin qiziqarli o‘tishi shubhasiz va biz eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatish uchun bor kuchimizni bilan harakat qilamiz
", — dedi eronlik mutaxassis.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz"