19:00 / 12.09.2017
5 246

OFK rahbari O‘FF prezidenti etib saylangan Umid Ahmadjonovga tabrik yo‘lladi

OFK rahbari O‘FF prezidenti etib saylangan Umid Ahmadjonovga tabrik yo‘lladi
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) prezidenti Salmon bin Ibrohim al-Halifa O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti etib saylangan Umid Ahmadjonovga tabrik maktubini yo‘lladi.

“Hurmatli prezident! O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining bugun bo‘lib o‘tgan konferensiyasida bir ovozdan prezident etib saylanganingiz bilan tabriklayman.

Sizning prezident etib saylanganingiz O‘zbekiston futbol oilasining sizga bo‘gan sadoqati va ishonchi namunasidir.

Ishonamanki, siz mamlakatingizda futbol rivoji uchun sezilarli hissa qo‘sha olasiz. O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish uchun men va OFK sizni qo‘llab-quvvatlashga doim tayyor.

Siz bilan yaqin kelajakda ko‘rishamiz degan umiddaman”
, – deyiladi OFK prezidenti maktubida.

Manba: www.the-uff.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OFK rahbari O‘FF prezidenti etib saylangan Umid Ahmadjonovga tabrik yo‘lladi