Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tayotgan yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlarida erkin kurash bahslari ham o‘zining qizg‘in pallasiga kirdi.
Bugun sportning ushbu turida gilamga chiqqan 3 nafar vakilimiz terma jamoamiz hisobiga medallar shodasini taqdim etishdi.
Jamoamizga birinchi oltin medalni Mahmudjon Shavkatov olib keldi. Tajribali kurashchimiz Bekzod Abdurahmonov esa finalda eronlik sportchini 6:1 hisobida mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.
Ayollar o‘rtasidagi bahslarda 48 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Dauletbike Yaxshumuratova 3-o‘rin kechgan bellashuvda qozog‘istonlik raqibasidan ustun keldi va musobaqaning bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Manba: sports.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda