22:09 / 25.10.2017
3 783

O‘zbekiston U-19 termasi BAA yoshlari ustidan yirik hisobdagi g‘alabaga erishdi

O‘zbekiston U-19 termasi BAA yoshlari ustidan yirik hisobdagi g‘alabaga erishdi
Aleksandr Mochinov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U-19 terma jamoasi Osiyo chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida bugun, 25 oktyabr kuni BAA yoshlar termasiga qarshi navbatdagi bahsni o‘tkazdi.
Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida, nazorat o‘yini maqomida bo‘lib o‘tgan mazkur bellashuvda O‘zbekiston yoshlar termasi 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Dilshod Saidov, Jahongir Abdusalomov, Shohrux Abdurahmonov va Jasur Ermamatovning gollariga Ahmad Favzi bitta gol bilan javob qaytardi.

Eslatib o‘tamiz, 23 oktyabr kuni har ikki jamoa o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazilgandi va unda Aleksandr Mochinov shogirdlari 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Toshkent, “Bunyodkor”
25 oktyabr, chorshanba

O‘zbekiston U-19 – BAA U-19 — 4:1 (2:0)
Gollar:
Dilshod Saidov (19 – penalti), Jahongir Abdusalomov (38), Shohrux Abdurahmonov (73), Jasur Ermamatov (88) – Ahmad Favzi (90+2)

Ogohlantirishlar: Shohrux Abdurahmonov (72), Islom Kenjaboyev (90) – Salim Ahmad (18), Yusuf Ayman (53), Xolid al-Belushi (90)

O‘zbekiston U-19: Javohir Qilichev (Obidjon Tolipov, 87), Jasur Ermamatov, Ibrohim Yo‘ldoshev (Shohrux Abdurahmonov, 66), Dilshod Saidov (Shahboz Umarov, 87), Suhrob Izzatov (Nodir Kuybakov, 84), Alisher Salimov (Elbek Jumanov, 86), Rasul Yo‘ldoshev (Islom Kenjaboyev, 46), Boburjon Asqarov, Akmal Mozgovoy (Sanjar Zokirov, 57), Jahongir Abdusalomov (Hasan Yo‘ldoshev, 76), Abbos Jumaqulov (Asadbek Sobirjonov, 62).

Zaxira:
Umid Ergashev, Obidjon Tolipov, Jasur Rahimov, Nodir Kuybakov, Abubakir Mo‘ydinov, Shahboz Umarov, Sanjar Zokirov, Hasan Yo‘ldoshev, Islom Kenjaboyev, Elbek Jumanov, Shohrux Abdurahmonov, Asadbek Sobirjonov.

BAA U-19: Salim Ahmad, Saif Abdulrazzoq, Muhammad al-Dosari (Ahmad Favzi, 85), Rashid Xalfan, Fahad Marvan (Xolid al-Belushi, 64), Sulton Said Moftah, Muhannad Ahmad (Majid Sulton, 85), Nahiyan Adhil (Ali Saleh, 80), Yusuf Ayman (Abdulrahmon Saleh, 64), Muhammad Sirvashi, Fahal al-Hammadi (Saif al-Suadi, 73).Zaxira: Suhail Abdulla, Umar Said, Majid Sulton, Saif al-Suadi, Umar Salim, Xolid al-Belushi, Ali Saleh, Halfan al-Nobi, Abdulrahmon Saleh, Ahmad Favzi, Essa Ahmad.

Manba: www.the-uff.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston U-19 termasi BAA yoshlari ustidan yirik hisobdagi g‘alabaga erishdi