11:15 / 19.11.2017
5 164

«Manchester Yunayted» irodali va yirik hisobda g‘alaba qozondi

«Manchester Yunayted» irodali va yirik hisobda g‘alaba qozondi
Angliya Premer-Ligasining 12-turidan o‘rin olgan “Manchester Yunayted” hamda “Nyukasl” jamoalari o‘rtasidagi bahs yakuniga yetdi. Uchrashuvda “qizil iblislar” irodali va yirik g‘alabaga erishishdi.

Ta’kidlab o‘tish joizki, “Manchester Yunayted”ning jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqan futbolchilari Zlatan Ibragimovich va Pol Pogba bugun maydonga tushishdi.

E’tiborlisi, Pogba maydonga qaytishini golli uzatma va gol bilan nishonladi.

Dastlab, 14-daqiqada “Nyukasl” hisobni ochgan bo‘lsa, mehmonlarning birgina gollariga Marsyal, Smolling, Pogba va Lukakular munosib javob qaytarishdi va chiroyli g‘alabani rasmiylashtirishdi.

APL, 12-tur.
“Manchester Yunayted” – “Nyukasl” 4:1.
Gollar:
Marsyal 37, Smolling 45+1, Pogba 54, Lukaku 70 - Geyl 14.

“Manchester Yunayted”: De Xea, Smolling, Lindelef, Valensiya, Yang, Mata (Errera 83), Matich, Pogba (Fellayni 70), Marsyal (Ibragimovich 77), Reshford, Lukaku.

“Nyukasl”
: Elliot, Klark, Mankilo, Yedlin, Lejen, Ritchi (Aarons 66), Xeyden, Shelvi, Merfi, Geyl (Diame 77), Xoselu (Mitrovich 71).
Ogohlantirishlar: Xeyden 12, Smolling 67.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Manchester Yunayted» irodali va yirik hisobda g‘alaba qozondi