Avval xabar berib o‘tganimizdek, bugun, 6 dekabr kuni Yevropa Chempionlar Ligasining 6-tur o‘yinlariga start berildi.
6-turning yakuniy natijalariga ko‘ra, “A” va “V” guruhlarida musobaqaning pley-off va Yevropa Ligasida 1/16 final bosqichlarida ishtirok etadigan jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi.
Jumladan, o‘z maydonida Rossiyaning SSKA klubini qabul qilgan “Manchester Yunayted” irodali g‘alabaga erishdi va pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Guruhda uchinchi o‘rin bilan cheklangan moskvaliklar aksincha, Yevropa Ligasiga ravona bo‘lishdi.
Shuningdek, safarda “Benfika”ni 0:2 hisobida taslim etgan “Bazel” klubi “A” guruhida YeChL pley-off bosqichiga yo‘llanma olgan ikkinchi jamoaga aylandi.
YeChL. 6-tur.
“A” guruhi.
“Manchester Yunayted” - SSKA 2:1.
Gollar: Lukaku (64), Reshford (66) - Zagoyev (45).
“Manchester Yunayted”: Romero, Blind, Valensiya (Tuanzebe 72), Lindelyof, Lukaku (Marsyal 74), Mata, Pogba, Reshford, Smolling, Shou, Errera (MakTominey 67).
SSKA: Akinfeyev, Ignashevich, Vasin, V. Berezutskiy, Nababkin, Fernandes, Golovin, Kuchayev, Zagoyev, Chalov (Gordyushenko 65), Vitino (Jamaletdino 82).
Ogohlantirishlar: V. Berezutskiy 57, Mak Tominey 73.
“Benfika” – “Bazel” 0:2.
Gollar: Elyunussi (5), Oberlin (65).
“Benfika”: Svilar, Jardel, Lopes, Elizu, Duglas, Samaris (Almeyda 73), Pitssi (Barbosa 73), Joao, Seferovich, Gonsalvesh (Jonas 62), Jivkovich.
“Bazel”: Vaklik, Suxi, Balanta, Akanji, Zuffi, Jaka, Petretta, Lang, Oberlin (Bua 88), Elyunussi, Shteffen (Fransson 90+4).
Ogohlantirishlar: Jaka 9, Akanji 63, Samaris 68, Petretta 75.
Yana bir qiziqarli va raqobatlarga boy o‘yinlar musobaqaning “V” guruhida bo‘lib o‘tdi.
Unda Germaniyaning “Bavariya” klubi Fransiyadan tashrif buyurgan “PSJ” jamoasi ustidan 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, guruhda ikkinchi o‘rin bilan pley-off yo‘llanmasini naqd qildi.
Mag‘lubiyatga uchragan bo‘lishiga qaramay, “PSJ” to‘plar nisbatiga ko‘ra, “V” guruhni peshqadam sifatida yakunladi.
Ta’kidlab o‘tish joizki, “Bavariya” “PSJ”ga qarshi dastlabki bahsda yirik 3:0 hisobida mag‘lubiyatni qabul qilib olgandi.
Bugun germaniyaliklar aynan shu mag‘lubiyatga munosib tarzda javob qaytarishdi.
Bundan tashqari, o‘z maydonida “Anderlextga” imkoniyatni boy bergan Shotlandiyaning “Seltik” klubi Yevropa Ligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
G‘alaba qozonishni uddalagan “Anderlext” esa uch ochko bilan “V” guruhida so‘nggi o‘rinni egalladi.
“V” guruhi.
“Seltik” – “Anderlext” 0:1.
Gol: Shimunovich (62, avtogol).
“Seltik”: Gordon, Boyata, Lustig, Tirni, Shimunovich, Armstrong (Ntcham 46), Braun, Mak Gregor, Sinkleyr (Rojich 46), Forrest, Dembele (Eduar 74).
“Anderlext”: Buks, Appia (Bruno 90), Mbodji (Sa 75), Obradovich, Spayich, Gerkens (Teodorchik 78), Dendonker, Kums, Trebel, Xanni, Onekuru.
Ogohlantirish: Ntchan 90.
“Bavariya” – “PSJ” 3:1.
Gollar: Levandovski (8), Tolisso (37, 69), - Mbappe (50).
“Bavariya”: Ulrayx, Alaba, Zyule, Kimmix, Koman, Levandovski, Riberi (Myuller 67), Xames Rodriges, Rudi, Tolisso, Xummels.
“PSJ”: Areolya, Dani Alves, Verratti, Draksler, Kavani, Kurzava, Markinos, Mbappe, Neymar, Rabo, Tiago Silva.
Ogohlantirishlar: Kimmix 22, Xames Rodriges 23, Markinos 41, Tolisso 41, Rudi 53, Draksler 82. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi